Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Oybek Hamroyev va Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri örinbosari Muhammad Al-Hasna örtasida video-konferens-aloqa orqali muzokaralar ötkazildi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, muloqot çoğida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantiriş borasida keyingi amaliy qadamlar muhokama qilindi.

Özbekiston prezidentining 2022 yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga davlat taşrifi çoğida imzolangan kelişuvlarni amalga oşirişni jadallaştiriş maqsadida SABIC, Saudi Telecom Company, Saudi National Bank, Dr. Sulaiman Al-Habib Medical Group, Jamjoom Pharma, Al Rajhi International, Ajlan & Bros Holding Group va Al Hokair Group kompaniyalari bilan kimyo, telekommunikatsiya, tibbiyot, farmatsevtika sohalari va bank sektori, qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş, çakana savdo tarmoqlarini taşkil etiş yönalişlarida bir qator loyihalarni foydalanişga topşirişni tezlaştiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Saudiya Arabistoni tomonidan 24-25 dekabr kunlari ikki davlat örtasidagi savdo, iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat, sport va yoşlar sohalarida kelişuvlarni monitoring qiliş böyiça hukumatlararo komissiyaning oltinçi yiğilişini taşkil etiş töğrisidagi taklifi muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunlari böyiça tomonlar erişilgan barça kelişuvlarni öz vaqtida amalga oşiriş maqsadida hamkorlikni kengaytirişga tayyor ekanini bildirdi.