Qo‘qonda II Xalqaro hunarmandchilik festivali ochildi, prezident ishtirokchilarga tabrik yo‘lladi
Festival doirasida bir qator tadbirlar, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, etno-moda namoyishlari o‘tkaziladi.

Foto: O‘zA
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivali va Rishton tumanida Xalqaro kulolchilik forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev festival ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi, uni Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odiljon Abdurahmonov o‘qib eshittirdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad Al Qaddumiy O‘zbekistonda madaniyat va san’atni rivojlantirish, ayniqsa, hunarmandlikni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani, xalqaro hunarmandlik festivali ana shu sa’y-harakatlarning yuksak namunasi ekanini qayd etdi.
Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan tadbirda 70 ta mamlakatdan davlat va jamoat arboblari, ustazoda hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari, mutaxassislar, soha olimlari, faxriy mehmonlar, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etmoqda.
Nufuzli tadbirga uyg‘un holda Rishton tumanida xalqaro kulolchilik forumi o‘tkaziladi. Tadbirning ilk kunida xorijlik va mahalliy soha vakillari ishtirokida «An’anaviy badiiy hunarmandchilikni saqlash va rivojlantirish sohasida jahon amaliyoti» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Festival doirasida bir qator tadbirlar, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, etno-moda namoyishlari, xalq sayllari, qo‘g‘irchoqbozlik va dorboz tomoshalari, viloyatlar folklor jamoalari va madaniyat boshqarmalari konsert dasturlari, osh tanlovi, kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi
O‘zbekiston | 13:26
-
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti
Jahon | 13:25
-
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
Iqtisodiyot | 12:35
-
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi majlisida qatnashdi
O‘zbekiston | 12:33
Mavzuga oid

12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

10:36 / 15.03.2025
Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasida ko‘chat tashigan haydovchi ishdan olindi

16:57 / 10.03.2025
Qirg‘izistonda Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin

20:43 / 28.02.2025