«S5+1» sammiti rahbarlari qo‘shma bayonoti e’lon qilindi
Tomonlar Markaziy Osiyoda xavfsizlikni kuchaytirish, iqtisodiy barqarorlikni oshirish, barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratdilar.

19 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan «S5+1» (Markaziy Osiyo + AQSh) sammiti rahbarlarining qo‘shma bayonoti Oq uy saytida e’lon qilindi.
Tomonlar savdo, energetika, iqlim va xavfsizlik kabi mavzularda o‘zaro hamkorlik qilishga e’tibor qaratdilar.
Qo‘shma bayonotning mazmuni quyidagicha:
- davlatlar barcha mamlakatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qiladi;
- S5+1 platformasi orqali hamkorlikni mustahkamlash, savdo, energetika, iqlim va xavfsizlik kabi mavzularda o‘zaro hamkorlik qilish va «jamoaviy yechim uchun yuqori darajadagi muloqotni davom ettirishga intilish» niyatida;
- «mintaqadagi murakkab muammolarni hal qilish va yuzaga kelayotgan tahdidlarni bartaraf etish uchun barqaror hamkorlik» qarashlariga qo‘shilish;
- global muammolarga mintaqaviy yechim topish bo‘yicha S5+1 maqsadlariga rioya qilish;
- Markaziy Osiyoda xavfsizlikni kuchaytirish, iqtisodiy barqarorlikni oshirish, barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;
- uchrashuv AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning navbatdagi bobi bo‘lib, S5+1 mexanizmining muhimligini ta’kidlaydi;
- AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘onistondagi vaziyat sharoitida xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirish niyatida;
- transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish uchun Transkaspiy savdo yo‘lini, energiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘lovchi transport tarmoqlarini kengaytirish.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrif dasturiga muvofiq 19 sentabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining «C5+1» formatidagi birinchi sammitida ishtirok etdi.
Tadbirda AQSh prezidenti Jozef Bayden, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashdi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 10:17
-
Mers 30 kunlik otashkesim haqida: To‘p - Moskva tomonida
Jahon | 09:31
-
Sharjada bo‘lib o‘tadigan xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekiston paviloni tashkil etiladi
O‘zbekiston | 09:07
-
AQSh davlat kotibi Pokistonga Hindiston bilan muzokaralarda yordam taklif qildi
Jahon | 08:58
Mavzuga oid

08:58
AQSh davlat kotibi Pokistonga Hindiston bilan muzokaralarda yordam taklif qildi

22:02 / 09.05.2025
Eron 11 may kuni yadroviy masalalar bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi

20:39 / 09.05.2025
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

20:17 / 09.05.2025