Xayrulla Bozorov boşçiligidagi Farğona viloyati delegatsiyasining Xitoyga amaliy taşrifi davomida jami 32 ta, şundan umumiy qiymati 1,37 mlrd dollar bölgan 29 ta investitsiyaviy kelişuv va savdo şartnomalari imzolandi.

China Power International, CAMC Engineering Co., Shaanxi Xiangsheng Industrial Group, China Huadian Engineering Company bilan Beşariq va Farğona tumanlarida fotoelektrik stansiyalar quriş uçun umumiy qiymati 1,0 mlrd dollar bölgan 4 ta loyiha böyiça hujjat imzolandi.

Sanoat sohasida misdan tayyor mahsulot, qişloq xöjaligi texnikasi, bolalar tagliklari, kafel, keramogranit, temir profillar işlab çiqariş kabi yönalişlarda umumiy qiymati 112 mln dollar bölgan 7 ta loyiha doirasida kelişuvlar imzolandi. 

Çarm-poyabzal va mebelsozlik böyiça umumiy qiymati 26 mln dollar bölgan 7 ta, şu jumladan, Foşan şahar mebelçilar uyuşmasiga a’zo korxonalar tomonidan Toşloq tumanida loyiha qiymati 10 mln dollar bölgan mebel işlab çiqariş korxonasi va şou-rum quriş böyiça hujjatlar imzolandi.

DongFeng Special Car Sompany bilan imzolangan kelişuv böyiça Furqat tumanida 2 bosqiçda yillik quvvati 1000 dona, qiymati 100 mln dollarlik elektrobuslar işlab çiqariş loyihasi amalga oşiriladi. 

Taşrif davomida kelişuvga erişilgan 12 ta kompaniya rahbariyatining joriy yil sentabr-oktyabr oylarida Farğona şahriga yetib borişi rejalaştirildi.