Gurjiston hukumati tashabbusi bilan prezident Salome Zurabishviliga qarshi impichment jarayoni mamlakatdagi siyosiy qutblanishning yanada chuqurlashishiga olib kelishi mumkin. Ko‘pgina siyosiy kuzatuvchilar shunday fikrda.

Gurjistonning hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi prezident Salome Zurabishviliga hukumat ruxsatisiz avgust oyi oxirida rasmiy uchrashuvlar uchun Yevropaga borganidan keyin unga qarshi impichment jarayonini boshladi. 

Partiya raisi Irakliy Kobaxidzening aytishicha, «Gurjiston orzusi» konstitutsiyani buzgani uchun prezidentga qarshi impichment jarayonini boshlagan. 

SSSR parchalanib, 1991 yilda mustaqillik tiklangach, Gurjiston hududiy yaxlitlik sohasida muammolarga duch keldi. 

Mamlakat xavfsizlikni mustahkamlash va hududiy yaxlitlikni ta’minlash maqsadida NATO bilan integratsiya jarayonini davom ettirmoqda. 

Shuningdek, Tbilisi Yevropa Ittifoqiga kirishga ham intilmoqda. 

Mamlakat rasmiylari yil oxirigacha YeIga kirish uchun nomzod davlat maqomini olishga umid qilmoqda. 

Yevropa Ittifoqining yuqori martabali vakillari Zurabishviliga qarshi boshlangan impichment jarayoni mamlakatning YeIga integratsiyalashuv yo‘lidagi «siyosiy xavf» degan fikrni bildiryapti. 

Kavkaz bo‘yicha ekspert Mamuka Areshidzening «Anadolu» nashriga bergan intervyusida ta’kidlashicha, Zurabishvili vazirlar mahkamasi roziligisiz xorijga chiqib, haqiqatan ham konstitutsiyani buzgan. 

Biroq, ayni paytda, ekspertning fikricha, hukumat Zurabishviliga impichment e’lon qilish uchun hukmron partiya yetarli ovozga ega emasligini inobatga olib, vaziyatni keskinlashtirmasligi kerak edi. 

«Jarayon kechiktiriladi. Bu vaziyat, albatta, tarang, lekin shuni ham ta’kidlamoqchimanki, bu mamlakat siyosatiga tanqidiy ta’sir ko‘rsata olmaydi», — dedi u.