Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuratura AQSh Senati qo‘mitasi rahbarini korrupsiyada aybladi
Senator Robert Menendes Tashqi aloqalar qo‘mitasi rahbari lavozimini vaqtincha tark etdi, partiya a’zolari uning iste’fosini talab qilmoqda.
AQSh Demokratik partiyasi a’zolari Nyu-Jyersi shtatidan senator Robert Menendesni prokurorlar tomonidan unga korrupsiya bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar fonida iste’foga chiqishga chaqirdi, deb xabar berdi dpa 23 sentabr, shanba kuni.
Nyu-Jyersi shtati gubernatori Fil Merfi, shtat assambleyasi spikeri Kreyg Koflin va shtat Demokratik partiyasi raisi Leroy Jons Menendesni iste’foga chiqishga chaqirdi. Vakillar palatasining bir necha a’zosi ham shunday bayonotlar berdi, deb yozadi Axios portali.
Bir kun avval, ayblovlar tufayli Menendes AQSh Senatining Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi lavozimidan vaqtincha iste’foga chiqdi, deb xabar berdi Senatdagi Demokratlar partiyasi yetakchisi Chak Shumer. «Senator Menendes bu masala hal etilgunga qadar Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi lavozimini vaqtincha tark etish to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qildi», deb yozdi u.
Menendes korrupsiyada ayblanyapti
Menendesga qo‘yilgan ayblovlar haqida 22 sentabr, juma kuni ma’lum bo‘ldi. Prokuratura senatorga uchta band bo‘yicha ayblov qo‘ydi. Ulardan birinchisida aytilishicha, u Misr rahbariyatiga AQSh hukumatining maxfiy ma’lumotlarini topshirgan, o‘z yordami uchun senator va uning rafiqasi Nadin Menendes naqd pul, oltin quymalari, ijara to‘lovlari va «hashamatli mashina» ko‘rinishida «yuz minglab dollar» pora olgan.
Qolgan ikki ayblov senatorning «jyersilik uch nafar biznesmen: Uill Xana, Xose Uribe va Fred Daybesning tergov ishiga ta’sir o‘tkazish» urinishi bilan bog‘liq. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Xana bir necha bor Menendes va Misr rasmiylari o‘rtasidagi shaxsiy uchrashuvlarda ishtirok etgan, buning natijasida u mamlakat hukumati qarorlaridan manfaatdor bo‘lgan, uning kompaniyasi «daromad oqimini ta’minlash» orqali korrupsiya sxemasini targ‘ib qilish uchun ishlatilgan. Xana senatorga xotini orqali «va’da qilgan porani bergan bo‘lishi mumkin».
Tintuv chog‘ida oltin quymalari topilgan
Senatorga nisbatan jinoiy ish 2022 yil oktyabr oyida ochilgan. Manhetten prokuraturasi uni tergov qilish bilan shug‘ullangan. 2022 yilda senatorning Nyu-Jyersidagi uyini tintuv qilish chog‘ida tergovchilar 480 ming dollar naqd pul, shuningdek, qiymati 100 ming dollardan ortiq oltin quymalarni topdi.
Bu Menendesga qarshi ochilgan ikkinchi korrupsiya ishi. 2015 yilda u hashamatli ta’tillar, aviachiptalar va saylov kampaniyasi uchun xayriya mablag‘lari evaziga lobbichilik xizmatlarini ko‘rsatishda ayblangan. 2017 yilda sud ayblovlarni olib tashladi.
Senator hozirgi ayblovlarni rad etib, «sahna ortidagi kuchlar» uni «to‘xtatishga va siyosatdan uzoqlashtirishga» urinayotganini aytdi. Menendes iste’foga chiqish niyati yo‘qligini aytdi.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026