Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hangjou-2022. Murodjon Yo‘ldoshev O‘zbekistonga 4-oltin medalni keltirdi
O‘zbekiston delegatsiyasi jami 12 ta (4 tadan oltin, kumush va bronza) medal bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinda bormoqda.
Foto: MOQ
Dzyudochi Murodjon Yo‘ldoshev O‘zbekiston delegatsiyasining bugungi hisobdan uchinchi, umumiy hisobda esa to‘rtinchi oltin medalni taqdim qildi.

-73 kg vazn toifasining chempionlik bahsida tatamiga chiqqan Yo‘ldoshev yaponiyalik Soichi Hashimotoni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha dzyudochi Diyor Keldiyorva dastlabki oltinga egalik qilgan bo‘lsa, akademik eshkak eshishning yakkalik bahslarida Anna Prakaten 2-oltin medalni keltirdi. Akademik eshkak eshuvchilardan M4 dasturida Shehroz Hakimov, Davr Davronov, Dilshod Xudoyberdiyev va Alisher Turdiyev kvarteti 3-oltin medalni taqdim etgandi, 4-oltin Murodjon Yo‘ldoshev nomiga yozildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston jami 12 ta (4 tadan oltin, kumush va bronza) medal bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinda bormoqda. Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya peshqadamlar uchligini tashkil etgan.
Medallar jamg‘armasi. 25 sentabr holatiga ko‘ra:

Mavzuga oid
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
22:14 / 31.10.2025
Toshkent 2029 yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi
18:16 / 31.10.2025