Pashinyan: Armaniston oldida tanlov turibdi – erkinlik yoki guberniyaga aylanish
Nikol Pashinyan nomini tilga olmagan holda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotini tanqid qilib, tashkilot Armanistonning manfaatlarini himoya qilishda samarasiz ekanini aytdi.
Armaniston tanlov oldida turibdi - mustaqil davlat yoki biron bir davlatning guberniyasiga aylanish, deb hisoblaydi respublika bosh vaziri Nikol Pashinyan. «So‘nggi yillarda biz bilan sodir bo‘layotgan voqealarning chuqur ma’nosi shundan iborat: Armaniston suveren, erkin, demokratik mamlakat bo‘ladimi yoki qo‘rqib qolgan guberniyaga aylanadimi?» - dedi Pashinyan 24 sentabr, yakshanba kuni videomurojaatida.
Pashinyan fikricha, Armaniston tinch, rivojlangan, erkin va demokratik davlat bo‘lishi kerak. «Ammo bu yo‘lda biz erkin va suveren davlatga ega bo‘lish irodamizni tasdiqlashimiz kerak va barcha hamkasblarimizni hurmat qilgan holda shu yo‘ldan bormoqdamiz. Xalqimiz, davlatimiz, suverenitetimiz va erkinligimiz uchun ham xuddi shunday hurmatni kutmoqdamiz», dedi u.
Pashinyan Armaniston «mustaqillik, suverenitet, demokratiya, baxt va erkinlik uchun kurashda g‘alaba qozonishiga» ishonch bildirdi. Shu bilan birga, u Armanistonning ittifoqchilari «respublika zaifligini va mustaqil davlatga ega bo‘lishning iloji yo‘qligini ko‘rsatish» maqsadini ko‘zlamoqda, degan fikrni bildirdi.
Tashqi xavfsizlik tizimlarini tanqid qilish
Nikol Pashinyan Armaniston ishtirok etayotgan tashqi xavfsizlik tizimlarini tanqid qilib, ular o‘z mamlakati xavfsizligi va davlat manfaatlarini himoya qilishda samarasiz ekanini aytdi.
«Biz so‘nggi o‘n yilliklarda bu siyosatning turli ko‘rinishlarini ko‘rdik. Armaniston mustaqilligini shubha ostiga qo‘yuvchi bayonot va formulalarga qo‘shilmaymiz. Ba’zi hamkorlarimiz xavfsizlik sohasida zaifligimizni ko‘rsatish uchun tobora ko‘proq harakat qilmoqda. Hozir ular diplomatik, davlatlararo munosabatlar etikasini, barcha me’yorlarni, shartnomalar bo‘yicha o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni buzgan holda, nafaqat tashqi, balki ichki xavfsizlik va barqarorlikni xavf ostiga qo‘ymoqda», — dedi Armaniston bosh vaziri.
Bir kun avval Nikol Pashinyan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon suhbatida Tog‘li Qorabog‘dagi humanitar vaziyat va bu mintaqadagi armanlarning huquqlari va xavfsizligini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgandi. Armaniston hukumati matbuot xizmati xabar berishicha, tomonlar Armaniston-Ozarboyjon tinchlik jarayoni istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari va ikki tomonlama kun tartibini ham ko‘rib chiqqan.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024