O‘zbekiston | 07:50 / 25.09.2023
2479
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya transport yo‘lagi ishga tushiriladi

Dushanbe shahrida yangi transport-tranzit koridori loyihasi muhokama qilindi.

Foto: Transport vazirligi

21 sentabr kuni Dushanbe shahrida «Tojikiston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya» transport yo‘lagi bo‘yicha yuqori darajadagi ishchi guruhning birinchi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) boshchiligida o‘tkazilgan ishchi guruh yig‘ilishida Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi mutaxassislari ishtirok etdi.

IHTga a’zo davlatlar transport vazirlarining 11-yig‘ilishida qabul qilingan Anqara deklaratsiyasiga ko‘ra, «Tojikiston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya» multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha loyiha dasturini ishlab chiqishga kelishilgan edi.

Yig‘ilishda yuk tashishlarni ko‘paytirish va savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish, xususan dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlar uchun xalqaro tranzitni rivojlantirish va rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid