Dzyudoçimiz Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasining finalida iştirok etib, qirğizistonlik Erlan Şerovga imkoniyatni boy berdi va kumuş medal bilan çeklandi.

U dastlab nimçorak finalda Bahrayn vakilini mağlub etgan bölsa, çorakfinalda koreyalik raqibidan ippon evaziga ustun keldi va Osiyo Öyinlarining yarimfinaliga çiqdi. Final yöllanmasi uçun keçgan bellaşuvda esa möğulistonlik raqibini ippon evaziga mağlub etib, final yöllanmasini qölga kiritgandi.

Ma’lumot uçun, delegatsiyamiz bayroqdori sanalmiş -100 kg vazn toifasidagi dzyudoçi Muzaffarbek Töraboyev oltin medal uçun kuraşadi. U çorakfinalda turkmanistonlik sportçini, yarimfinalda esa Qozoğiston vakilini mağlub etib finalga çiqdi. Osiyo Öyinlari ğolibligi uçun esa Töraboyev möğulistonlik Gonçigsuren Batxuyagga qarşi tatamiga çiqadi. 

Eslatib ötamiz, hozirgaça dzyudoçilardan ikki sportçi oltin medalga ega çiqqan. Dastlabki kunda Diyora Keldiyorova Osiyo Öyinlari-2022 ğolibiga aylangan bölsa, duşanba kuni Murodjon Yöldoşev çempionlikka erişgandi. Hozirça vakillarimiz dzyudo böyiça umumjamoa hisobida jami 5ta medal (2ta oltin, 1ta kumuş, 2ta bronza) Yaponiyadan keyingi 2-örinni egallab turibdi.