Kanadaning Ontario provinsiyasi Toronto şahridagi köngiloçar park taşrif buyuruvçilari bilan boğliq noqulay vaziyat yuz berdi. 

Lumberjack attraksionida nosozlik sodir böldi. Undagi odamlar esa 25 daqiqa davomida oyoği osmondan bölgan holda attraksionning işlaşini kutdi. 

Holat Canada’s Wonderland parkida 22 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 22:40 da sodir bölgan. 23:05 da nosozlikka barham berilgan.

Park matbuot kotibi Greys Pikokka köra, odamlar attraksiondan xavfsiz tarzda olib tuşilgan. Uning ta’kidlaşiça, voqea iştirokçilaridan 2 nafari kökragidagi oğriqdan şikoyat qilgan va ularga şu yerning özida tibbiy yordam körsatilgan. 

«Mehmonlarimizning xavfsizligi bizning asosiy vazifamiz», — deydi Pikok.