Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Oybek Hamroyev Singapurning Surbana Jurong Group kompaniyasi boş direktori Şon Çao bilan muzokaralar ötkazdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, tomonlar asosiy e’tiborini suv ta’minoti va suv resurslarini boşqariş sohasidagi joriy loyihalarni amalga oşiriş jarayoniga qaratdi. Şuningdek, kelgusi hamkorlikning ustuvor yönalişlari belgilab olindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar transport va logistika, neft-kimyo, qayta tiklanadigan energetika, şaharsozlik va infratuzilma sohalarida özaro hamkorlikni kengaytirişga kelişib oldi.
Ma’lumot uçun, Surbana Jurong Group 2015 yilda taşkil etilgan bölib, şaharsozlik va infratuzilma sohalarida Singapurning eng yirik konsalting kompaniyasi hisoblanadi. 40 ta mamlakatda jami 16 ming xodimga ega 120 dan ortiq idoralari mavjud. Kompaniya şu kungaça 16 mingdan ortiq loyihalarni amalga oşirgan.


















