O‘zbekiston | 08:08 / 26.09.2023
5320
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2022 yilda qancha voyaga yetmagan shaxs sudlangani ma’lum qilindi

2021 yilda 1472 nafar voyaga yetmagan shaxs sudlangan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 2116 nafarga yetgan. 2022 yilda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 389 ta, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni 510 tani tashkil qilgan.

Foto: Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati

Joriy yilning 25 sentabr kuni Senat navbatdagi yalpi majlisi oldidan Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda.

Qonunda voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirilishi nazarda tutilmoqda.

Mamlakatda 2021 yilda 1472 nafar voyaga yetmagan shaxs sudlangan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 2116 nafarga yetgan. O‘tgan 2022 yilda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 389 ta, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni esa 510 tani tashkil qilgan.

Majlis kun tartibidagi masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Mavzuga oid