Zangezur yölagini taşkil qiliş loyihasi strategik masala bölib, uni amalga oşiriş kerak. Agar Yerevan kömak bermasa, yölak Eron orqali ötişi mumkin, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan. 

«Noxçivon va Ozarboyjonning boşqa viloyatlari bilan quruqlik va temir yöl (Zangezur yölagi) orqali töğridan-töğri aloqa örnatiş loyihasi Boku va Anqara munosabatlarini mustahkamlaydi. Şuning uçun biz uşbu yölakni tezroq oçiş uçun barça imkoniyatlarimizni işga solamiz. Turkiya va Ozarboyjon uçun juda muhim bölgan uşbu yölakning işga tuşirilişi strategik masala bölib, uni amalga oşiriş kerak», dedi Erdöğan. 

Turkiya prezidenti Zangezur yölagi oçilişi bilan Bokudan yölga çiquvçi avtomobil va poyezdlar Turkiyaning Qars viloyatiga töğridan-töğri yetib borişi mumkinligini ta’kidladi. 

Şuningdek, u Zangezur va Loçin (Qoraboğ va Armanistonni boğlovçi) transport yönalişlarini «tinçlik yölagiga» aylantiriş zarurligini ta’kidladi. 

«Bizning xohişimiz bu yöllarni oçib, ularni tinçlik yölagiga aylantiriş. Hali ham uruş hukmron bölgan yölakni tasavvur etib bölmaydi. Bu masalani heç qanday mojaro va şov-şuvsiz hal qiliş lozim», deb qöşimça qildi Turkiya prezidenti. 

Erdöğan Zangezur yölagining temir yöl qismi haqida gapirar ekan, Turkiyadan kelayotgan poyezd uşbu yölak böylab Noxiçevon va Armaniston orqali ötib, Ozarboyjonga yöl olişini ta’kidladi. 

«Agar Armaniston (loyihaga hissa qöşmasa), qayerga boradi? U (Zangezur yölagi) Eron orqali ötadi. Erondan bu masala böyiça ijobiy signallarni oliş quvonarli. Çunki Erondan ijobiy signallar kelib tuşsa, bu (Turkiya va Noxiçevondan) Eronga va undan keyin Ozarboyjonga ötiş imkoniyati yaratilişi mumkinligini anglatadi», dedi Erdöğan.