Istanbuldagi bosh konsulxona o‘zbekistonlik xotin-qizlarni ogohlantirdi
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonlik xotin-qizlarni ogohlantirdi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda vatandosh xotin-qizlarni Istanbul, Antaliya, Izmir, Bodrum va boshqa shaharlarga katta mablag‘ evaziga “konsomatris” (kons) ishlariga taklif etib reklamalar tarqatilayotgani kuzatilmoqda. Bunda paviyon (tungi kafe) xodimlari yosh qizlarni kelgan mijozlarga oshirilgan narxlarda ichimlik va oziq-ovqat oldirish uchun yollamoqda.
Mazkur faoliyat turi bilan shug‘ullanganlarga mahalliy politsiya tomonidan Turkiyadan chiqarib yuborilish chorasi ko‘rilmoqda.
“Hurmatli opa-singillar! Konsomatris faoliyati bizning urf-odatimiz, milliy an’analarimiz va muqaddas dinimizga to‘g‘ri kelmasligi hammamizga ma’lum.
Turkiya hududida huquqbuzarliklar ishtirokchisi bo‘lib qolishingiz, jabr ko‘rishingiz yoki aybdor bo‘lib qolishingizning oldini olish maqsadida siz yashab turgan davlatning qonun-talablariga rioya qilishingizni, o‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti hamda sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan joylar va shaxslardan yiroq bo‘lishingizni tavsiya qilamiz.
Agar sizda shu kabi reklama tarqatayotganlar va konsomatrislikka jalb qilayotgan shaxslar haqida ma’lumot bo‘lsa, konsulxonaga xabar berishingizni so‘raymiz”, — deyiladi murojaatda.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning dengiz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodiga ishga olinadi
Jamiyat | 13:07
-
Rubio: Putin bilan tinchlik to‘g‘risida "cheksiz muzokaralar" bo‘lmaydi
Jahon | 12:12
-
Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 12:05
-
«Jinoyat tarkibi aniqlanmadi» – Uzun tumanida so‘roqqa olib ketilgan fuqaro vafot etgani yuzasidan tekshiruv yakunlandi
Jamiyat | 12:04
Mavzuga oid

08:29 / 27.03.2025
Istanbulga kamolchilar vakili Nuri Aslan vaqtinchalik hokim etib saylandi

22:01 / 20.03.2025
Odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Istanbuldan deportatsiya qilindi

19:17 / 20.03.2025
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar provokatsion postlar va mitinglardan uzoqroq bo‘lishga chaqirildi

13:49 / 20.03.2025