Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya Ukrainaga yana 92 million dollar taqdim etadi
Yordam Ukraina uchun BMT va Qizil Xoch tomonidan yaratilgan mavjud dasturlar orqali taqsimlanadi.
Norvegiya Ukrainaga insonparvarlik yordami uchun 1 milliard krona (taxminan 92 million dollar) ajratadi, deb xabar bermoqda Norvegiya hukumati matbuot xizmati.
Mablag‘lar eng zaif odamlarga, bolalarga, qochqinlarga va ichki ko‘chirilganlarga uy-joy, oziq-ovqat, suv, ta’lim, sog‘liqni saqlash va psixo-ijtimoiy yordam olish, shuningdek, jinsiy va gender zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida yordam ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Mablag‘lar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash Nansen dasturining bir qismi sifatida taqdim etiladi.
Yordam Ukraina uchun BMT va Qizil Xoch tomonidan yaratilgan mavjud dasturlar orqali taqsimlanadi.
Bundan oldin Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga xavfsizlik uchun qo‘shimcha 128 million dollarlik yordam berishi, shuningdek, 197 million dollarlik qurol va o‘q-dorilarni yetkazishi xabar qilingandi.
Jami 325 million dollarlik paketga 155 mm artilleriya snaryadlari, Avenger havo mudofaa tizimlari, HIMARS YaO‘RT uchun o‘q-dorilar, UUAlarni urib tushirish uchun pulemyotlar, tankka qarshi raketalar, bir qator boshqa qurollar, 3 milliondan ortiq patronlar va 59 ta harbiy texnika kiradi.
Ro‘yxatda, shuningdek, o‘tmishda Ukrainaning ba’zi ittifoqchilari tomonidan munozarali tarzda qabul qilingan kassetali o‘q-dorilar ham tilga olingan.
Mavzuga oid
16:47
Rossiya Kiyevga vayronkor zarbalar yo‘lladi – suratlar
11:21
CSIS: Rossiya har oy 30 mingdan ortiq harbiydan ayrilmoqda
20:18 / 01.07.2026
Ukraina Rossiya Bryansk oblastidan yangi hujum boshlashiga tayyorlanmoqda
19:04 / 30.06.2026