“Voyaga yetmagan shaxslarga otaliqqa olayotgan mutasaddilarni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
“Oila-mahalla-maktab-mustaqil hayot” tamoyili asosida har bir tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni mustaqil hayotga tayyorlash davrida ular bilan yakka tartibda ishlash uchun mutasaddilar tomonidan otaliqqa olish tartibi joriy etiladi.
Voyaga yetmagan shaxslarni otaliqqa olayotgan mutasaddilarning asosiy vazifasi etib - har bir tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni mustaqil hayotga tayyorlash davrida ular bilan yakka tartibda ishlash belgilanadi.
Voyaga yetmagan shaxslarga otaliqqa olayotgan mutasaddilarni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda voyaga yetmagan shaxslarni otaliqqa olayotgan mutasaddilarni ro‘yxatlarini shakllantirish choralarini ko‘radi.











