Quruvchi massividagi portlashda jabrlangan uy egalariga yetkazilgan zarar qoplanadi - hokim
Ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda. Jarayonga mudofaa vazirligi vertolyotlari ham jalb etilgan.

Foto: Kun.uz
Sergeli tumanidagi omborxonada ro‘y bergan portlash tufayli shikastlangan uylar egalariga yetkazilgan zararlar qoplab beriladi. Bu haqda voqea joyiga yetib borgan Toshkent shahri hokimi Shavkat Umrzoqov ma’lum qilgan.
«Moddiy zarar 2-3 kun ichida qoplanadi, bu muammolarni hal qilamiz», degan hokim.
Ayni vaqtda voqea joyiga bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa mas’ullar ham yetib borgan. Yong‘in maydoni, jabrlanuvchilar soni aniqlanmoqda.
Quruvchi massivida tezkor qutqaruv bo‘linmalari xodimlari chodirlar tikishgan, jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda. Jarayonga mudofaa vazirligi vertolyotlari ham jalb etilgan.
Toshkent shahri hokimligi yong‘in bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida ekanini xabar qilgan. Shahar aholisi va mehmonlaridan agar bugun tunda ro‘y bergan hodisa yuzasidan savollar yoki murojaat bo‘lsa, 71 210−01−63 raqami orqali Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga murojaat qilish so‘ralgan.
«Toshkent metropoliteni» Sergelidagi portlash natijasida hududga yaqin bo‘lgan metropolitenning Yer usti halqa yo‘lining «Quruvchilar» bekatining me’moriy qismiga yengil shikast yetgani, bu holat yo‘lovchi va poyezdlar harakatiga ta’sir ko‘rsatmagani haqida xabar berdi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda elektromobil yonib ketdi
O‘zbekiston | 10:24
-
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Jahon | 10:18
-
Noyob tarixiy boyliklarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi
O‘zbekiston | 09:41
-
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi
Jahon | 09:20
Mavzuga oid

19:12 / 17.04.2025
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi

01:32 / 16.04.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

08:12 / 14.04.2025
Pensilvaniyada gubernator qarorgohi yoqib yuborildi

08:11 / 12.04.2025