«Turkiya-Germaniya-O‘zbekiston» formatida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Germaniyadagi turk diasporasi ishbilarmon doiralari vakillari bilan iqtisodiy va madaniy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Iqtisodiy va madaniy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida Turkiyaning Frankfurt-Mayn shahridagi bosh konsuli Erdem Tuncher bilan muzokaralar olib borildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Turkiya Bosh konsuli bilan uchrashuvda biznes vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va "Turkiya-Germaniya-O‘zbekiston" formatidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Erdem Tuncher Germaniya ishbilarmon doiralari safida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan turk diasporasi vakillari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Muloqot davomida Germaniyadagi qardosh xalqlar bilan madaniy-gumanitar va turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ham muhokama qilindi. Tarixiy ildizlar, til, madaniyat va urf-odatlarning mushtarakligini hisobga olingan holda, tomonlar birgalikda bayramlar, axborot kechalari, ijodiy ko‘rgazmalar va sayyohlik yarmarkalarini o‘tkazishga tayyorlik qayd etildi.
Islom sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan O‘zbekiston ziyorat turizmi uchun ulkan salohiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan Germaniyadan sayyohlik guruhlari va turk diasporasi vakillarining Samarqand, Buxoro, Xiva va Termiz kabi tarixiy shaharlarga tashriflarini tashkil etish taklif etildi.
Nemis-turk biznesi vakillari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish uchun muntazam platforma yaratish maqsadida yaqin orada birgalikda axborot kechasi tashkil etish, shuningdek, kelasi yilning mart oyida Germaniya-Turkiya ishbilarmonlari va jamoat doiralari ishtirokida "Navro‘z" bayramini nishonlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:09 / 05.11.2024
Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi
17:38 / 04.11.2024
Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi
09:50 / 04.11.2024
Turkiya TIV rahbari: Ukraina yaxlitligi tinchlikning shartidir
10:30 / 02.11.2024