Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA Zaporijjya AESni zudlik bilan Ukraina nazoratiga qaytarish bo‘yicha rezolyutsiyani ma’qulladi
Ukrainadagi yadro xavfsizligi haqidagi hujjat 69 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh konferensiyasi Zaporijjya atom elektr stansiyasini zudlik bilan Ukrainaning to‘liq nazoratiga qaytarish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani ma’qulladi. Bu haqda Ukraina Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Rezolyutsiya Kanada, Finlandiya va Kosta-Rika tomonidan taklif qilingan. Ukrainadagi yadro xavfsizligi haqidagi hujjat 69 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
«Boshqa narsalar qatorida, u (rezolyutsiya) Rossiyani Zaporijjya AESdan barcha harbiy va boshqa xodimlarni zudlik bilan olib chiqib ketishga va stansiyani Ukrainaning amaldagi litsenziyasiga muvofiq Ukraina vakolatli organlari nazoratiga qaytarishga chaqiradi», deyiladi bayonotda.
Ukraina energetika vaziri German Galushchenko AEXA bosh direktori Rafael Grossiga egallab olingan Zaporijjya AES atrofidagi vaziyatni tartibga solish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Ukrainaning AEXA boshqaruvchilar kengashiga qabul qilinishi, shuningdek, bizning Zaporijjya AESni Ukraina nazoratiga qaytarishga chaqiruvchi rezolyutsiyaning qabul qilinishi sivilizatsiyalashgan dunyo biz bilan ekanligidan dalolatdir», dedi u.
Mavzuga oid
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
10:38 / 31.01.2026
AEXA Ukrainada yadroviy avariya xavfi borligidan ogohlantirdi
14:32 / 13.01.2026
Yangiobod va Chorkesarda yerlarni tiklash ishlari yakuniy bosqichga o‘tadi
19:01 / 12.01.2026