Markaziy Osiyoning beşta davlati rahbarlari Berlinda bölib turibdi. Markaziy Osiyo mintaqasi Yevropa uçun ham yangi ahamiyat kasb etmoqda. DW Markaziy Osiyo va Özbekiston böyiça maxsus dasturni taqdim etdi. 

Siyosatşunos, “Bilimlar karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi direktori Farhod Tolipovning sözlariga köra, suv yetişmovçiligi tufayli yuzaga kelişi mumkin bölgan ekologik oqibatlardan nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, balki Afğonistonning özi ham jabr körişi mumkin.

“Afğonistonda hozir vaziyat keskinlaşmoqda. “Tolibon”ning özi mamlakatni boşqarişda qiyinçiliklarga duç kelyapti, bundan taşqari, boşqarilmaydigan hamda nazoratga ega bölmagan turli ekstremistik va terrorçilik taşkilotlari paydo bölyapti. Bu jihatdan uşbu davlat hududidan turli çaqiriqlar paydo bölişi mumkin”, deydi Farhod Tolipov.

U Afğonistonda qurilayotgan “Qöştepa” kanali va suv muammosi masalasiga ham töxtalib ötdi.

“Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uçraşuvida “Qöştepa” kanali ham tilga olindi. Özbekiston prezidenti mintaqada suvdan foydalaniş jarayonida mamlakatlar bilan heç qanday majburiyat asosida boğlanmagan yangi iştirokçi paydo böldi, dedi. “Tolibon” bu kanalni Markaziy Osiyo davlatlari bilan maslahatlaşmasdan, bir tomonlama qurişni boşladi. “Tolibon”ni jarayonni muhokama qilişga jalb etiş - kanal bir tomonlama tarzda qurilganidan keyin yuzaga kelişi bölişi mumkin bölgan oqibatlarni bartaraf etişga qaratilgan harakat.

Kanal qurilmasligi ideal holat bölardi. Sababi, kanal qurilişini oqlaş uçun aytilayotgan gap juda sodda - Afğoniston Amudaryoning narigi sohilida joylaşgani ularga daryo bir qismiga egalik qiliş huquqini beradi. Ammo mamlakatning faqat qaysidir juğrofiy yerda joylaşganini emas, balki suv oqimining öziga xosligi, iqlim özgarişlari, geosiyosiy omillar, Afğoniston va dunyodagi barqarorlik masalasini ham hisobga oliş kerak.

Kanal juda oddiy usulda qurilmoqda. U qurib bitkazilganidan keyin juda katta suv hajmi yerga oqib ketadi. Şundoq ham suvi kamayib borayotgan Amudaryo kanal qurilgandan keyin yanada kamayadi. Ekologik oqibatlardan nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, balki Afğonistonning özi ham jabr körişi mumkin”, dedi u.