Ukrainada uruşning 584-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF qöşini Ukraina böylab dronlar va raketalar bilan hujum qildi. 30 drondan 16 tasi urib tuşirilgan.
  • Rossiyaning Smolensk şahri meri şahar ustida beşta dron urib tuşirilganini ma’lum qilib, aholidan uydan çiqmaslikni söragan. Belgorod oblasti rahbari Şebekinodagi markaziy bozorga zarba berilganini ma’lum qildi.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligiga köra, Rossiya uruş yana bir neça yil davom etişiga tayyorlanmoqda.
  • AQŞ Kongressi hukumat faoliyati töxtab qolişidan qoçişga imkon beruvçi vaqtinça budjetni qabul qildi. Unda Ukrainaga harbiy yordam uçun xarajatlar közda tutilmagan.
  • Slovakiyada parlament saylovlarida sobiq boş vazir, Ukrainaga harbiy yordam berilişiga qarşi Robert Fitsoning partiyasi ğalaba qozondi.
  • Putin «Vagner» XHK komandiri Troşev bilan uçraşdi. Ular «köngilli tuzilma» tuziş masalasini muhokama qilişgan.
  • Kiyev iştirokçilari Ukrainada qurol işlab çiqarişni möljallagan xalqaro Mudofaa sanoati alyansi tuzmoqda. Ukraina TIV xabariga köra, alyansga allaqaçon 19 mamlakatdan 38 kompaniya qöşilgan.
  • Rossiya xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev Rossiyaning «yangi regionlari» [Rossiya hukumati Ukraina oblastlarining anneksiya qilib olişga urinayotgan oblastlarini şunday ataydi] kelgusida köpayişi haqida gapirdi.
  • Yevroittifoq mamlakatlari Ukraina qurolli kuçlari uçun 27 mingdan ortiq harbiy xizmatçini tayyorlamoqda, deya xabar berdi YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel. 2024 yil boşiga qadar ularning soni 40 mingga yetişi közda tutilgan.

Donetsk oblastidagi ukrain vertolyotçilari

Ukraina qurolli kuçlari texnigi Donetsk oblastidagi aerodromda Mi-8 vertolyoti rotorini tekşirmoqda. Yöqotişlarga qaramay, armiya aviatsiyasi ukrain qöşinini qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda. Uruş boşidan buyon Ukraina kamida 37 vertolyotdan ayrilgani ma’lum.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina vertolyotlarining asosiy quroli «havo — yer» tipidagi boşqarilmaydigan raketalar bölib qolmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA