Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qatarga boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 1-2 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi hamda “EKSPO Doha-2023” – “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit” xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Bo‘lajak muzokaralarda yetakchilar O‘zbekiston-Qatar hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Davlat tashrifi yakunida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
21:50 / 09.05.2026
O‘zbekistonliklar "Qatar Airways"ga ishga olinadi
11:22 / 23.03.2026