Toshkent shahrida aylantus navli daraxtni ruxsatnomasiz kesgan erkak 11 million so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda shahar Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida Sh.Rustaveli 2-tor ko‘chasida  jismoniy shaxs A.B.ga tegishli yer maydonida bir tup qisman qurigan aylantusni tegishli ruxsatnomalarsiz tag qismidan kesgani ma’lum bo‘ldi. 

Holat yuzasidan fuqaro A.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huqubuzarlikni sodir etganligi sababli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 11 055 000 so‘mni tashkil etdi.