Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomagistral qurilishi rejalashtirilmoqda
Avtomagistral Qatarning Power International Holding kompaniyasi tomonidan barpo etilishi mumkin.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 oktyabr kuni Doha shahrida o‘ziga ajratilgan qarorgohda Power International Holding kompaniyasi boshqaruvi raisi Mutaz al-Hayyatni qabul qildi.

Power International – dunyoning 19 ta mamlakatida energetika, neft-kimyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi, sog‘liqni saqlash, turizm kabi sohalarda faol ish olib borayotgan Qatarning eng yirik milliy xoldingi. Yaqin Sharqdagi yetakchi ko‘p tarmoqli kompaniyalardan biridir.
Bugun ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida kelgusida mintaqaning eng katta agrosanoat majmuasi bo‘ladigan zamonaviy chorvachilik klasteri qurilmoqda.

Mamlakatda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil magistralini barpo etish, ammiak va karbamid ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishbilarmonlik va mehmonxona infratuzilmasi, sog‘liqni saqlash obektlarini tashkil etish istiqbolli loyihalar sifatida qayd etildi.
Qatar tomoni tez orada holding O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishini ma’lum qildi.

Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025