Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8 oyda 2 mingdan ortiq voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilgan
Jinoyatlarda 1424 nafar maktab o‘quvchisi ishtirok etgan.
2023 yilning 8 oyida respublikada 2121 nafar voyaga yetmaganlar tomonidan 2024 ta jinoyat sodir etilgan.
IIV Jamoat xavfsizligi departamentining O‘zAga ma’lum qilishicha, jinoyatlarda 1424 nafar maktab o‘quvchisi ishtirok etgan.
Bundan tashqari, 291 nafar akademik litsey va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari tomonidan jinoyat sodir etilgan.
142 nafar ishlamasdan yurganlar (maktabni tamomlagan) hamda 264 nafar ishlaydigan voyaga yetmaganlar ham jinoyat sodir etishda qatnashgan.
Bundan oldin O‘zbekistonda 2022 yilda qancha voyaga yetmagan shaxs sudlangani ma’lum qilingandi.
2021 yilda 1472 nafar voyaga yetmagan shaxs sudlangan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 2116 nafarga yetgan. 2022 yilda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 389 ta, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni 510 tani tashkil qilgan.
Mavzuga oid
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish yo‘lga qo‘yildi
15:23 / 13.04.2026
«Dejurniy jabrlanuvchilar» ishi. IIV holatni o‘rganmoqda
19:10 / 09.04.2026