«Energetika sohasini isloh qilişning navbatdagi bosqiçini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra:
- elektr energiyasini markazlaşgan tartibda xarid qiliş va sotiş funksiyasini bajaruvçi «Özenergosotiş» AJ taşkil etiladi;
- «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ elektr energiyasini taşiş va tranzit qilişga ixtisoslaşgan yagona magistral elektr energiyasi uzatiş tizimi operatori etib belgilanadi;
- Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi (energetika bozori regulyatori) taşkil etiladi.
2024 yil 1 iyuldan elektr energiyasini markazlaşgan tartibda xarid qiliş va sotiş funksiyasi «Özenergosotiş» AJ tomonidan va magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qiliş funksiyasi «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan töliq amalga oşiriladi.
2025 yil 1 yanvardan «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari»ning elektr energiyasi eksporti va importi şartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi bitimlari böyiça majburiyatlari «Özenergosotiş»ga töliq ötkaziladi.
2025 yil 1 yanvargaça «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari»ning elektr energiyasi eksporti va importi şartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi bitimlari «Özenergosotiş»ga qayta rasmiylaştiriladi.
2024 yil 1 fevralgaça xalqaro moliya institutlarining texnik kömagida Elektr energiyasi tariflarini şakllantirişning yangi uslubiyoti işlab çiqiladi.
2024 yil 1 maygaça «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari»ning elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari orqali uzatiş, «Özenergosotiş» uçun elektr energiyasini sotiş va xarid qiliş tariflarini hamda elektr energiyasi uçun kelib tuşadigan mablağlarni taqsimlaşning yangi tartibi tasdiqlanadi.

















