«Özbekiston temiryöllari» yölovçi taşiş xöjaligidagi yölovçi çiptalari narxi oşirilişini ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotda aytilişiça, 2023 yilning 20 oktyabr sanasidan mahalliy yönalişlardagi yölovçi poyezdlari çipta narxlarining tarif qismi 50 foizga, yuqori tezlikda harakatlanuvçi «Afrosiyob» elektropoyezdlari çiptalari töliq narxining 100 foizga oşiriladi.
Qayd etilişiça, yölovçi poyezdlar çipta narxlari sönggi marta 2018 yilda mahalliy yönalişlarda, 2019 yilda yuqori tezlikda harakatlanuvçi «Afrosiyob» elektropoyezdida qayta körib çiqilgan bölib, oxirgi 4-5 yil mobaynida tariflar özgarişsiz qolib kelgan.
2019-2022 yillar va 2023 yilning 9 oyi davomida respublikada iş haqi miqdori 2,4 barobarga, elektr energiyasi va yonilği narxlari, logistika va transport xarajatlari sezilarli darajada oşgan, şuningdek, yölovçi vagon parklarini yangilaş, yangi poyezdlarni xarid qiliş, temiryöl vokzallarini zamon talablariga mos ravişda saqlaşni hisobga olgan holda çiptalar narxiga özgartirişlar kiritilmoqda.
«Hurmatli yölovçilar, temiryöl xizmatlaridan foydalanayotganingiz uçun öz minnatdorçiligimizni bildiramiz hamda temiryöl sohasida olib borilayotgan islohotlarni töğri qabul qilişingizni söraymiz», deyiladi «Öztemiryölyölovçi» xabarida.

















