Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi yig‘ilishida “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan fuqarolarga davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qaror va harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga beriladigan murojaatlarining barchasi bo‘yicha davlat boji pasaytirilmoqda.

Deputatlarning aytishicha, qonun loyihasi bilan kelgusida, fuqarolarga o‘zlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qaror va harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat qilish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.