O‘zbekiston | 12:06 / 05.10.2023
4384
2 daqiqa o‘qiladi

Daraxt va butalarni noqonuniy kesganlarga 10,6 mlrd so‘m jarima va zararlar belgilandi 

Ekologiya sohasiga oid aniqlangan qonunbuzarliklar soni 2022 yilning shu davriga nisbatan 81 foiz, belgilangan jarimalar summasi esa 104 foizni tashkil etgan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiya tomonidan joriy yilning o‘zida sohaga oid qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan 26 610 nafar shaxs aniqlandi.

Qonunbuzarlarga 31 mlrd so‘m ma’muriy jarima va tabiatga yetkazilgan zararlar hisoblanib, 13,8 mlrd so‘m yoki 68 foiz summa undirib olingan. 

Sohaga oid aniqlangan qonunbuzarliklar soni 2022 yilning shu davriga nisbatan 81 foiz, belgilangan jarimalar summasi esa 104 foizni tashkil etgan.

73 ta holat bo‘yicha 5,2 mlrd so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga kiritilgan.

Brakonerlikka qarshi kurash tadbirlari davomida davlat inspektorlari tomonidan jami 3569 ta huquqbuzarlik holati (o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va noqonuniy baliq ovi) aniqlangan bo‘lib, huquqbuzarlarga nisbatan jami 7,1 mlrd so‘m jarima va 6,9 mlrd so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan.

359 m3 saksovullarni noqonuniy kesgan 229 nafar huquqbuzarga 797 mln so‘m, daraxt va butalarni noqonuniy kesgan 2533 ta shaxsga 10,6 mlrd so‘m jarima va zararlar belgilandi.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida 88 dan ortiq reyd tadbirlari o‘tkazilib, 34 dan ortiq huquqbuzarga 109 mln so‘mdan ortiq jarima va zarar summalari belgilangan. Huquqbuzarlardan 837 dona hayvon va parranda, 253 kg baliq, 20,9 tonna dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar, 93 ta inventarlar (ov quroli, aslaha, to‘rlar, elektr qarmoqlar) olib qo‘yildi.

Mavzuga oid