Jamiyat | 17:00 / 05.10.2023
19184
3 daqiqa o‘qiladi

Qurilishda sifatsiz metall mahsulotlardan ogoh bo‘ling-Davlat nazorati departamenti

Respublikamiz hududlarida ulkan hajmdagi qurilish ishlari olib borilmoqda. Buning natijasida yurtimizda bir-biridan shinam turar joylar va osmono‘par binolar qad ko‘tarmoqda.

Po‘lat list mahsulotlarni qayta ishlash orqali tomlarni yopishda foydalaniladigan gofrasimon bukilgan po‘lat list (profnastil) mahsulotlari ishlab chiqariladi. Biroq sifatsiz xomashyolardan foydalanilganda ushbu tayyor mahsulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi tabiiy holat.

Misol tariqasida 2020 yilning aprel oyida Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan kuchli shamol oqibatida standart talablariga javob bermaydigan po‘lat listdan ishlab chiqarilgan profnastil bilan qoplangan 5 mingdan ortiq aholi turar joylari va ijtimoiy soha obektlariga zarar yetkazilgan.

 

Qurilishlarda sifatsiz mahsulotlardan foydalanishning oldini olish maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Departamenti tomonidan po‘lat list mahsulotlarini import qiluvchi 20 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Natijada, tekshirilgan qiymati 15,9 mlrd so‘mlik 55 ta po‘lat list mahsuloti tamg‘alanishi bo‘yicha va qiymati 1,8 mlrd so‘mlik 8 turdagi po‘lat list texnik reglament va standart talabida belgilangan sifat ko‘rsatkichlariga muvofiq emasligi aniqlandi hamda realizatsiya qilinishi taqiqlanib sifatsiz mahsulotlar realizatsiyasi oldi olindi.

Jumladan, Xitoydan import qilinayotgan polimer qoplamali ruxlangan po‘lat list mahsulotlarining aksariyati GOST 34180 standart talablarida belgilangan sifat ko‘rsatkichlarga muvofiq emasligi, ya’ni rux qoplamasi 60 gr/m2 o‘rniga 40 gr/m2, polimer qoplamasi 18 mkm o‘rniga 4-6 mkm va grunt qoplamasi qalinligi 7 mkm o‘rniga 2-4 mkm ekanligi aniqlangan. Bu kabi sifatsiz po‘lat listni qayta ishlash orqali ishlab chiqariladigan rangli profnastil mahsulotlaridan tom yopishda foydalanilganda quyosh nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tushishi oqibatida mahsulotning polimer va grunt qoplamalari qisqa muddatlarda o‘z xususiyatlarini yo‘qotilishiga hamda havo namligi ta’sirida korroziyaga olib keladi.

Bundan tashqari 2,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan po‘lat list mahsulotlarning respublika hududiga kirib kelishi oldi olindi. Po‘lat list mahsulotlarining sifati doimiy nazoratga olingan va aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, mahsulot respublika hududiga kiritilishiga taqiq o‘rnatildi.

Mavzuga oid