Qatar hukumatining elektron viza berişga möljallangan rasmiy portalida Özbekiston uşbu mamlakatga vizasiz kiriş mumkin bölgan 101 ta davlatlar qatorida turibdi. Ma’lum qilinişiça, Qatarga vizasiz kirişning bir qança şartlari bor.
Xususan, xorijga çiqiş pasportining amal qiliş muddati 6 oydan kam qolmasligi hamda taşrif buyuruvçida qaytiş yoki boşqa davlatga çiqib ketiş çiptasi bölişi kerak. Şuningdek, özbekistonliklar uşbu mamlakatda 30 kun davomida vizasiz qola oladi.
Joriy yil iyun oyida Qatar amiri şayx Tamim bin Hamadning Özbekistonga taşrifi arafasida Qatar fuqarolari uçun ham Özbekistonga kirişda vizasiz rejim joriy qilingan edi.
Uşbu farmonga asosan, qatarliklar 30 kunlik muddatga vizasiz rejim asosida Özbekistonga kirişi mumkin.
21 avgustdan Centrum Air aviakompaniyasi Özbekiston hamda Qatar poytaxtlari örtasida dastlabki töğridan töğri, charter reyslar yölga qöyilganini ma’lum qilgan edi. Ayni vaqtda elektron bilet sotuvçi platformalar Toşkent-Doha yönalişda töğridan töğri aviaqatnovlar yöqligini körsatmoqda.

















