Hangjou-2022. O‘zbekiston Hongkongni yirik hisobda mag‘lub etib, Osiyo O‘yinlari tarixida 2-bor medalni qo‘lga kiritdi
Osiyo O‘yinlari-2022 futbol dasturida 3-o‘rin uchun bahsda O‘zbekiston olimpiya jamoasi Hongkongga qarshi maydonga tushib, turnir tarixida 29 yil o‘tib bronza medaliga ega chiqdi. Hozirgacha musobaqa tarixidagi yagona medal Xirosima-1994 chempionligi edi.
Temur Kapadze shogirdlari Osiyo O‘yinlari-2022da uchinchi marta Hongkongga qarshi ro‘baro‘ kelishdi. Guruh bosqichida ikki marta raqib ustidan kichik hisobda (1:0, 2:1) g‘alabaga erishgan olimpiyachilarimiz, medal uchun bahsda hongkongliklarni ayab o‘tirishmadi – 4:0.
Alisher Odilov birinchi bo‘lim oxirida hisobni ochgan bo‘lsa, Husayn Norchayev dublga erishdi, Alibek Davronov esa hisobdagi farqni to‘rttaga yetkazdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston bronza medaliga ega chiqib, Osiyo O‘yinlari futbol bahslarida 29 yil o‘tib sovrindorlar qatorida bo‘ldi. Bungacha turnirdagi ilk medal Xirosimada o‘tgan 1994 yilgi turnirda qo‘lga kiritilgan – oltin.
Osiyo O‘yinlari-2022. 3-o‘rin uchun o‘yin.
O‘zbekiston U23 – Hongkong U23 – 4:0
Bosh hakam: Ngo Lan (Vetnam)
Gollar: Alisher Odilov 43, Husayn Norchayev 48, 59, Alibek Davronov 74.
O‘zbekiston U23: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Mahmudjon Mahamadjonov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 6.Behzod Shamsiyev, 7.Hojimat Erkinov, 8.Ibrohim Ibragimov, 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (10.Jasur Jaloliddinov, 69), 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchayev (9.Ulug‘bek Hoshimov, 69), 22.Alisher Odilov (20.Ruslanbek Jiyanov, 69).
Mavzuga oid
00:28 / 06.09.2024
Hongkongda «Yagi» supertayfuni tufayli 100 dan ortiq reys bekor qilindi
18:31 / 30.07.2024
O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
17:05 / 30.07.2024
Qilichboz Parijdagi oltin uchun rekord bonusga ega bo‘ldi
14:47 / 11.06.2024