Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskvadan Toshkentga parvozni amalga oshirayotgan HY-604 reysi reysi Urganch aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Bortida 236 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing-787 ekipaji yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli zaxira aerodromga o‘tishga qaror qilgan.
Samolyot soat 16:59 da Urganchga qo‘ngan. Samolyot bortida 1978 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi vafot etgani ma’lum qilingan.
Soat 18:48 da samolyot Urganchdan Toshkentga uchgan.
















