Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilda HAMAS hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 600 dan oshdi
Ikki mingdan oshiq kishi yaralangan.
Foto: Getty Images
HAMAS a’zolari 7 oktyabr kuni tongida Isroilga qilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 600 nafarga yetgan, yana ikki mingdan ortiq kishi turli darajada tan jarohatlari olgan. Bu haqda Isroildagi Haaretz va Kan nashrlari xabar tarqatdi.
Bungacha Isroil mudofaa armiyasi qurbonlar soni 350 nafar atrofida deb xabar bergandi. Mahalliy manbalarga ko‘ra, so‘nggi soatlarda G‘azo bilan chegarada musiqa festivali o‘tkazilgan hududda 200 dan ortiq jasad topilgan.
Raqamlar yana o‘sishi mumkin.
Bundan tashqari, Isroil hududidan yuzdan ortiq kishi asir qilib olib ketilgan.
O‘z navbatida, Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi harbiy harakatlar vaqtida 313 nafar falastinlik halok bo‘lib, ikki mingga yaqin kishi yaralangani haqida xabar bergan.
- HAMAS harakati 7 oktyabr tongida Isroilga qarshi harbiy amaliyot boshladi. Isroil hududiga G‘azodan uch mingga yaqin raketa uchib kelgan, falastinliklar chegara hududlariga bostirib kirgan va isroillik harbiylar bilan qurolli to‘qnashuvlar boshlangan. Bunga javoban Isroil mudofaa armiyasi G‘azo bo‘lgasidagi nishonlarga yoppasiga zarba berishni boshladi.
Mavzuga oid
15:23 / 07.03.2026
Germaniya kansleri Eron parchalanishi xavfidan ogohlantirdi
09:03 / 07.03.2026
Tehron markazidagi yerosti bunkeri Isroil hujumiga uchradi
23:31 / 06.03.2026
AQSh va Isroil Eronni yiqita oladimi? Urush strategiyasi qay tomon o‘zgardi?
01:53 / 06.03.2026