Nilufar Allabergenova Toşkent şahri Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Nilufar Anvarovna Allabergenova 1971 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1995 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Qator mas’uliyatli vazifalarda, şu jumladan, turli yillarda Yaşnobod, Çilonzor va Mirzo Uluğbek tumanlarida prokuror örinbosari lavozimlarida işlagan.
2019 yildan şu kunga qadar Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.
- Yakkasaroy tumaniga 2019 yil sentabridan buyon rahbarlik qilib kelgan Anvar Sayfutdinov bir neça kun oldin Mirobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
- Özbekistonda 2020 yil bahorida tuman va şaharlarga ayol hokimlar tayinlanişi tendensiyasi yuzaga kelgandi. Öşanda turli viloyatlarda bir vaqtda işlayotgan ayol hokimlar soni olti nafarga yetgandi: Namangan viloyati Töraqörğon tumaniga Zulayho Mahkamova, Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga Dilfuza Uralova, Buxoro viloyati Olot tumaniga Nargiza Ne’matova, Andijon viloyati Böston tumaniga Sadbarxon Mamitova, Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumaniga Maqsuda Mustafoyeva va Samarqand viloyati Kattaqörğon şahriga Gavhar Alimova hokim etib tayinlangan edi.
- 2021 yil yozida Böston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi, uning örniga yana ayol kişi - Sanobar Nosirova tumanning yangi rahbariga aylandi. Zulayho Mahkamova esa 2022 yil martida Xotin-qizlar va oila işlari qömitasi raisi etib tayinlandi. Keyinçalik qömita tugatilgaç, Mahkamova boş vazir örinbosari lavozimida işlaşda davom etmoqda. Maqsuda Mustafoyeva esa qator mojarolar ortidan 2022 yil fevralida Qarşi tumani hokimligini tark etdi. Keyinroq u tumandagi maktablardan biriga direktor bölgani ma’lum böldi.












