Yevro-2032 Turkiya va Italiyada o‘tkaziladi
Futbol bo‘yicha 2032 yilgi Yevropa chempionatini ikki mamlakat qabul qiladi.

Foto: Reuters
Turkiyaning futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish haqidagi uzoq yillik orzusi amalga oshayotgan ko‘rinadi. 2032 yilgi Yevropa chempionatiga Turkiya va Italiya qo‘shmezbonlik qiladi. UYeFA o‘z qarorini ertaga, 10 oktyabr kuni Shveytsariyaning Nion shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda rasman e’lon qilishi kutilmoqda, deb yozdi Anadolu.
Bungacha Turkiya Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun 7 marta nomzodini ilgari surgan, biroq qit’aning asosiy futbol turniriga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kirita olmagan. Turkiya Gretsiya bilan birga Yevro-2008 uchun nomzod edi. Shuningdek, 2012, 2016, 2024 yilgi musobaqalar uchun ariza topshirdi. 2020 va 2024 yillarda arizalar qaytarib olindi.
Avvalroq, Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) va Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) 2032 yilgi Yevropa chempionati uchun alohida arizani bitta qo‘shma arizaga aylantirishni so‘rab UYeFA tashkilotiga murojaat qilgan edi. Bugungi kunga qadar turnirni o‘tkazish uchun faqat ushbu ikki mamlakat ariza topshirdi.
Avvalroq, Turkiya 2028 yilgi Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish niyatidan voz kechib, Yevro-2032 mezbonligi uchun Italiya bilan birlashishga qaror qilgan edi. Bu 2028 yilda Buyuk Britaniya-Irlandiya tandemini raqobatsiz qoldirdi.
Yevro-2032 turniriga Turkiya va Italiyaning jami 10 ta shahri mezbonlik qiladi - har bir mamlakatdan 5 tadan. Guruh bosqichi, 1/8 final, chorakfinal va yarimfinal o‘yinlari har ikki davlatda teng miqdorda o‘tkaziladi. Ochilish o‘yini va final ham ikki tashkilotchi o‘rtasida bo‘lib olinadi.
So‘nggi, 2020 yilgi Yevropa chempionati pandemiya tufayli 2021 yilda o‘tkazildi. Unda Italiya g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Angliyaga, uchinchi o‘rinlar Ispaniya va Daniyaga nasib qildi.
2024 yilgi Yevropa chempionatiga Germaniya mezbonlik qiladi. 2028 yilgi turnirga Buyuk Britaniya va Irlandiya.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

17:05 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

21:40 / 15.04.2025
Turkiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga olib kelindi

18:15 / 28.03.2025
Sud futbolchi Dani Alvesning 4,5 yillik qamoq hukmini bekor qildi

15:43 / 25.03.2025