Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda 600 tupdan oshiq kavrak o‘simligiga zarar yetkazildi
“Tojik kavragi” O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, u himoyaga olingan.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda IIB xodimlaridan tuzilgan maxsus guruh tomonidan “Tojik kavragi” o‘sadigan hududlarda muntazam ravishda kunduzgi va tungi reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
“Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida o‘rmon xo‘jaligining “Fayzova” bo‘limi 6-aylanma 7-kvartalining “Archabuloq” massivi hududida tabiiy holda o‘sadigan kavrak o‘simligiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.
O‘rganishlarda o‘rmon xodimlarining o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashishi oqibatida hududdagi 611 tup O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob turdagi “Tojik kavragi” o‘simligi noqonuniy ravishda kesib olingani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishlicha, birlamchi hujjatlar tayyorlanib, tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanmoqda.
Avvalroq, Bosh prokuratura departamenti “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida joriy yil iyul-sentabr oylarida 11 550 tup tabiiy holda o‘suvchi “Tojik kavragi” dorivor o‘simligi noqonuniy kesilib, tabiatga 5,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgani va holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:46 / 14.07.2026
Surxondaryoda o‘ta issiq kunlarda og‘ir yuk avtomobillari harakati cheklanadi
14:39 / 06.07.2026
Muzrabotning jinoyatda gumonlangan sobiq hokimi davlat ishiga qaytdi
19:20 / 27.06.2026
Surxondaryo viloyat soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi
20:58 / 08.06.2026