HAMASning Isroilga hujumiga Eron aloqadorligi bo‘yicha hozircha dalillar yo‘q, ammo tahlilchilar Yaqin Sharqdagi beqarorlashuv Eron uchun foydali bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Arab mamlakatlari va yahudiylar davlati munosabatlari normallashuvi ushbu islom respublikasiga ma’qul kelmaydi, yangi urush esa — tinchlik jarayonini izdan chiqarishning eng yaxshi yo‘lidir.

HAMASning Isroilga shanba kungi hujumidan keyin Tehron ko‘chalarida namoyishchilar bayram qilishdi. Ular Falastin bayroqlarini ko‘targan holda HAMAS va Falastin qarshilik harakatini qo‘llashini ifodalashdi

Shu bilan birga ekspertlar bu safar HAMAS asosiy ittifoqchisi va homiylaridan birining ishtirokisiz mustaqil harakat qilgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno etishmaydi.

HAMASning shanba kungi kutilmagan va yaxshi uyushtirilgan hujumidan keyin deyarli barcha ko‘zlar Isroilning azaldan eng katta dushmani bo‘lib kelgan Eronga qaratildi.

Masalan, Wall Street Journal gazetasi manbalari da’vo qilishicha, Eron maxsus xizmatlari HAMASning Isroilga hujumini rejalashtirishda yordam ko‘rsatgan va o‘tgan haftaning dushanba kuni Bayrutda o‘tkazilgan uchrashuvda bu hujumga yashil chiroq yoqilgan.

Eron parlamentariylari HAMASning Isroilga shunday quvonchli hayqiriqlar bilan qarshi olishdi: «Isroilga o‘lim!», «Amerikaga o‘lim!» va «Falastin g‘olib bo‘ladi!».

Eron diniy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy telemurojaatida shunday dedi: «Biz sionist rejimga hujumni rejalashtirganlarning qo‘lini o‘pamiz». Va Tehron bunga aloqador emasligini qo‘shimcha qildi.

Tahlilchilar HAMAS bu hujumni to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatmasiz va tashqaridan yordamsiz ham uddalagan bo‘lishi mumkinligini qayd etishgan.

«Mening fikrimcha, muammo katta ehtimol bilan lokal miqyosda. Va bu nima qilib bo‘lsa ham Isroilning Saudiya Arabistoni bilan yaqinlashuvining oldini olishni istagan HAMASning qarori. Albatta, Eron ham xuddi shu narsani xohlaydi va HAMASni 2000-yillardan buyon yaqindan qo‘llab-quvvatlab keladi», — deya qayd etgan Parijdagi Sciences-Po Siyosiy fanlar oliy maktabi professori Frederik Ensel.

«Ammo, mohiyatan, Tehronning kun tartibida boshqa mavzular bor: bular sanksiyalar bekor qilinishi, yadro energetikasini rivojlantirish, mamlakatning ichki muammolarini hal qilish, Belujistondagi norozilik namoyishlarini bostirish. Ammo G‘azo sektori emas».