O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar toifalari aniqlashtirildi
Alohida va 2-toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash IIO, 1-toifadagi ommaviy tadbirlarda – Milliy gvardiya zimmasiga yuklandi.

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining «Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar vazirligining ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini aniq belgilab berish maqsadida qabul qilingan.
Xususan, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga quyidagilarni o‘z ichiga olgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
ommaviy tadbirlarni, ularning ahamiyati, ko‘lami va ular o‘tkaziladigan hududga bog‘liq holda alohida, birinchi va ikkinchi toifalardagi tadbirlarga bo‘linishini belgilash;
xususan, quyidagi ommaviy tadbirlar alohida toifadagi ommaviy tadbirlar jumlasiga kiradi: Yangi yil, Navro‘z bayrami, Mustaqillik kuni, Xotira va qadrlash kuni, Qurbon hayiti va boshqa bayramlar, ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish, umumta’lim maktablarida o‘quv yilining boshlanishi va tugashiga bag‘ishlangan, saylov va referendumlarni o‘tkazish bilan bog‘liq, shuningdek, xalqaro hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari ishtirokida o‘tkaziladigan tadbirlar hamda futbol bo‘yicha xalqaro miqyosdagi uchrashuvlar;
ichki ishlar organlari huzuridagi ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish komissiyalari faoliyatini tashkil etish, ularning tarkibi, maqomi va vakolatlarini belgilash;
alohida va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashni ichki ishlar organlari, birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda –Milliy gvardiya zimmasiga yuklash.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01
-
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP
Jahon | 22:46
Mavzuga oid

14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi

11:46 / 16.01.2025
Yerlar toifasini o‘zgartirish tartibi belgilandi

08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

07:52 / 18.09.2023