Yaqin Şarqda tinçlik va barqarorlikni örnatiş Falastin masalasini ikki davlat tamoyili asosida adolatli hal qilmasdan turib, amalga oşirilişi mumkin emas. Bu haqda Iordaniya qiroli Abdulloh II ma’lum qildi. 

«Hozirda Falastin hududlarida sodir bölayotgan xavfli zöravonlik va hujumlar mintaqamizdagi xavfsizlik va barqarorlikka faqat ikki davlatga asoslangan keng qamrovli va adolatli tinçlik orqali erişiş mumkinligini isbotlaydi», dedi qirol mamlakat milliy assambleyasi (parlament)dagi nutqida.

U Iordaniya Falastinni qöllab-quvvatlaşda davom etişiga işontirdi. 

«Biz birodar Falastin xalqining adolatli işini va manfaatlarini himoya qilişdan voz keçmaymiz. Iordaniya Quddusdagi musulmonlar va nasroniylarning muqaddas joylarini himoya qiliş böyiça öz pozitsiyasidan ortga çekinmaydi», — dedi Iordaniya qiroli.