Toshkent shahri hokimligi Xitoyning BYD kompaniyasi bilan 2 ming dona BYD K9UD eBus elektromobilini xarid qilish bo‘yicha hadli bitim imzoladi.

Kompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, BYD elektrobuslarni mahalliy iqlimga va Toshkent shahrining yo‘l sharoitlariga moslashtirgan holda yetkazib beradi.

K9UD eBus rusumli, shaharlar uchun mo‘ljallangan, past polli elektrobusi 12 metr uzunlikda bo‘lib, 90 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladi.

200 ta elektrobusdan iborat birinchi partiya 2024 yilda yetkazib berilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirida BYD rahbariyatidan iborat delegatsiya Toshkentga kelib, O‘zbekiston prezidenti va shahar hokimi bilan uchrashgandi.