HAMAS–Isroil mojarosi, yettinchi kun. So‘nggi ma’lumotlar:

  • Isroil mudofaa armiyasi G‘azo aholisini «o‘z xavfsizligi» uchun sektor janubiga evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi. BMTdagilar 24 soat ichida hududdagi bir milliondan ortiq kishini evakuatsiya qilish imkonsiz ekanini ma’lum qildi. HAMAS esa aholini uylarini tark etmaslikka chaqirgan.  
  • 13 oktyabrga o‘tar kechasi isroillik harbiylar G‘azo sektoridagi 750 dan ortiq nishonlarga — jumladan HAMASning yuqori martabali a’zolarining uylariga, yerosti tunnellariga va qurol omborlariga zarba yo‘lladi. Falastin tomoni aviazarbalar oqibatida garovdagilarning 13 nafari halok bo‘lganini ma’lum qilgan. 
  • Falastin sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 1537 nafarga yetgan, 6612 kishi yaralangan. Isroilda qurbonlar soni 1300 dan oshgan, 3300 kishi yaralangan. 
  • AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin isroillik hamkasbi Yoav Gallant va bosh vazir Binyami Netanyahu bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Isroilga keldi. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken esa qirol Abdulloh II va Falastin muxtoriyati rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun Iordaniyaga yo‘l olgan. 
  • Isroilning Pekindagi elchixonasiga hujum uyushtirildi. Diplomat shifoxonaga yotqizilgan, uning holati barqaror ekani aytilmoqda. Avvalroq HAMAS juma kuni Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun ommaviy aksiyalar o‘tkazishga chaqirgandi. Bu chaqiriqlar fonida Isroil TIV xorijdagi fuqarolarini ogohlikka chaqirgandi. 
  • The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, HAMAS a’zolari G‘azo sektoriga kamida 64 kishini olib ketgan, shundan faqat 11 kishi harbiy bo‘lishi mumkin. 
  • Human Righs Watch tashkiloti isroillik harbiylar Livan va G‘azo sektoriga hujumlarda oq fosforli snaryadlar qo‘llagani haqida ma’lum qildi. 

Quyida shu kunlarda G‘azo sektorida nimalar bo‘layotgani aks etgan tasvirlar. 

Isroilning 12 oktyabr kungi aviazarbasidan keyin G‘azo ustida ko‘tarilgan tutun. G‘azo sektorini bombardimon qilish HAMAS a’zolarining Isroilga 7 oktyabr kungi hujumiga javoban amalga oshirildi. TsAHAL zarbalar nishoni jangarilar foydalanadigan obektlar bo‘layotganini ma’lum qilgan. Isroil harbiylari ularni bombalashini qiyinlashtirish uchun HAMAS o‘z harbiy obektlarini aholi yashash uylari yaqiniga joylashtirgan.
Ibrahahim Hams / AFP / Scanpix / LETA