Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya Namanganda logistika markazi tashkil etadi
Chust tumanida 1000 gektar o‘zlashtirilmagan yerlarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida hududlararo munosabatlarni faollashtirish maqsadida Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botir Nuriddinov boshchiligidagi delegatsiya ushbu mamlakatda amaliy safar bilan bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
O‘zbekiston vakillarining ilk manzili Janubiy Koreyaning Puyo shahri bo‘ldi. Delegatsiya a’zolari ushbu shahar hokimi Park Jun Xun bilan o‘tkazgan muzokaralarida tomonlar hududlar o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, avval kelishilgan loyihalarni jadallashtirish, loyihalarni yuritish bo‘yicha Ishchi guruh tashkil etish hamda «Yo‘l xarita»sini ishlab chiqishga kelishib oldi.
Uchrashuv so‘nggida Namangan viloyati bilan Puyo shahri o‘rtasida turizm va madaniy sohada aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha, Chust tumanida 1000 gektar o‘zlashtirilmagan yerlarni o‘zlashtirish hamda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Namangan shahrida qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilish logistika markazi tashkil etish bo‘yicha qiymati 10 million AQSh dollariga teng bo‘lgan kelishuvlar imzolandi.
Safar davomida Puyo bo‘yicha yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining urug‘, tuproq, suv va boshqa tegishli laboratoriya tahlillari olib boriladigan Puyo agro-texnologiyalar markazi, aqlli issiqxonada pomidor yetishtirish, zamonaviy uslubda qo‘ziqorin, sholi yetishtirish va undan gurunch tayyorlash va qadoqlash fermer xo‘jaliklari, chorvachilik uchun minerallar bilan to‘yintirilgan, mol go‘shtini sifatini oshiradigan ozuqa yetishtirish korxonasi faoliyati bilan tanishildi.
Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
13:53 / 23.06.2026