Şvetsiyada Qur’onni yoqib yuborgan şaxs mamlakat sudi tomonidan ilk bor millatlararo adovat qözğaşda aybdor deb topildi va şartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Qur’onning yoqib yuborilişi birinçi marta sud hukmiga olib keldi, deb yozdi BBC.
Ilgari Şvetsiya prokuraturasi bunday şaxslarga qarşi ayblov qöymagan va bu harakat söz va fikr erkinligi haqidagi qonunçilikka asosan ekanini aytib kelayotgan edi.
Linçyoping şahri sudi 27 yoşli yigitni «etnik guruhga qarşi taşviqot»da aybdor deb topib, uning harakatlari «din sifatida islomni emas, balki musulmonlarni nişonga olgani»ni qayd qildi.
Ayblanuvçi 2020 yilda Qur’onni yoqib yuborib, jarayon videolavhasini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan edi. Videolavha «Kabobni yöqoting» («Remove Kebab») degan qöşiq bilan montaj qilindi. Bu qöşiq ötgan asrning 90-yillaridagi Bolqon uruşi paytida paydo bölgan va musulmonlarni qirib taşlaşga çaqiriq sifatida qabul qilingan.
Ayblanuvçi heç qanday huquqbuzarlik sodir etmaganini va özining xatti-harakati şunçaki Islomni din sifatida tanqid qiliş ekanini aytdi. Biroq sud bu dalilni qabul qilmadi.
«Sud uşbu lavha uçun tanlangan musiqani musulmonlar e’tiqodiga işora bilan tahdid qilişdan boşqaça talqin etiş mumkin emas, deb hisoblaydi», deyiladi hukmda. «Videoning mazmuni va uni tarqatiş şakli şuni körsatadiki, ayblanuvçining asosiy maqsadi tahdid va nafratni ifodalaşdan boşqa narsa bölişi mumkin emas».
Bu Şvetsiyada Qur’on yoqib yuborilgan yagona holat emas. Eng rezonansli epizod yanvar oyida Turkiya elçixonasi yonida aksilislomiy fikrlari bilan tanilgan öta öng siyosatçi, Daniya fuqarosi Rasmus Paludan tomonidan sodir etilgan edi.
Şvetsiya hukumati muqaddas kitoblarni tahqirlaşni qoraladi, biroq bu harakatlar mamlakat qonunlariga zid emasligini qayta-qayta ta’kidlab kelmoqda.













