«Mening oilamning HAMAS bilan heç qanday aloqasi yöq. Qaynonam nafaqadagi hamşira, Naynvelsdan. Ğazoda yaşovçi qaynoğam kasalxonada şifokor bölib işlaydi. HAMAS bilan ham, biz körgan terrorçilik hujumi bilan ham heç qanday aloqasi yöq. Ammo ular va boşqa köplab ğazoliklar jamoaviy jazolanişga duçor bölişlari mumkin va buni oqlab bölmaydi. Falastinlik böladimi yoki isroillik, begunoh fuqarolarning öldirilişini umuman oqlab bölmaydi», degan Hamza Yusuf.

Şotlandiya siyosiy yetakçisining qaynota va qaynonasi ham Ğazoda qamalib qolgan. Ular uşbu hududga qarindoşlarini köriş uçun borgan, ammo harbiy harakatlar boşlanişi ortidan qolib ketişgan. Yusufning qaynonasi Elizabet El-Nakla özi va yaqinlari uçun jiddiy xavotirda ekanligini bildirib, videomurojaat yöllagan.

«Bizda elektr ham, suv ham yöq. Ozgina bölsa-da oziq-ovqat bor, ammo u ham elektr bölmaganligi boisidan tezda aynib qolişi mumkin. Uyda mening 4 nafar nabiram bor, ulardan bir 2 oylik çaqaloq, biri 4 yoşda va ikki nafar 9 yoşli egizaklar, bugun ularning tuğilgan kuni. Men butun dunyodan falastinliklarga yordam berişni sörayman», degan El-Nakla.