Falastin-Isroil mojarosi. To‘qqizinchi kun. So‘nggi ma’lumotlar:
- Isroil mudofaa armiyasi tun davomida G‘azodagi yuzdan oshiq harbiy obektlar, jumladan HAMAS shtab-kvartirasi va komplekslariga hujum qilgani haqida ma’lumot berdi.
- Isroil mudofaa armiyasi matbuot kotibi HAMAS tinch aholi vakillari G‘azo shimolidan anklav janubiga ko‘chishiga to‘sqinlik qilayotgani, guruh uchun inson hayoti ahamiyatsiz ekani haqida gapirdi.
- O‘tgan bir kun ichida G‘azoda yana 300 ga yaqin kishi halok bo‘lgan. Falastin sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Isroil aviatsiyasi zarbalari oqibatida G‘azo sektorida kamida 2329 falastinlik halok bo‘lib, yana 9714 kishi yaralangan.
- Isroil mudofaa armiyasi HAMAS hujumi vaqtida halok bo‘lgan yana yetti harbiy nomini e’lon qildi. 7 oktyabr kungi hujum vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar soni 286 nafarga yetdi. Tinch aholi orasidagi qurbonlar soni 1,3 mingdan ortiq.
- BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligi G‘azoga suv yetkazib berish to‘xtatilganidan keyin u sektor aholisi uchun «hayot mamot masalasi»ga aylanganini ma’lum qildi. G‘azoning o‘zida ichimlik suvi manbalari deyarli yo‘q va ikki milliondan ortiq aholi uchun suv bu yerga Isroil hududidan olib kelinardi.
- Isroil uch soatga G‘azodan chiqish uchun yo‘lak ochmoqchi. Isroil mudofaa kuchlarining evakuatsiya to‘g‘risidagi so‘nggi xabarida hali ham G‘azo shimolida bo‘lib turgan tinch aholi vakillari mahalliy vaqt bilan soat 10:00 dan soat 13:00 gacha bu yerni tark etishi lozimligi keltirilgan.
O‘tgan hafta davomida butun dunyo bo‘ylab Falastin tarafdorlari va Isroil bilan birdam bo‘lgan kishilar namoyishlar o‘tkazishdi — ayrim hollarda ikki tomonning aksiyalari bir-biriga ro‘para holatda bo‘lgan. Quyida HAMASning hujumi va Isroilning bunga javoban G‘azo sektorini o‘qqa tutishi hamda blokada qilishiga dunyo bo‘ylab bo‘lgan reaksiya aks etgan suratlar.
Stefano Montesi / Corbis / Getty Images
Khaled Abdullah / Reuters / Scanpix / LETA
Ahmad Al-Rubaye / AFP / Scanpix / LETA
K.M. Chaudary / AP / Scanpix / LETA
K.M. Chaudary / AP / Scanpix / LETA
Nic Bothma / Reuters / Scanpix / LETA
Taidgh Barron / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Toby Melville / Reuters / Scanpix / LETA
Antonio Balasco / imago images / Scanpix / LETAnpix / LETA
Alessandra Tarantino / AP / Scanpix / LETA
Yevgeniy Biyatov / Sputnik / Scanpix / LETA
Spencer Platt / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Eduardo Munoz / Reuters / Scanpix / LETA
Fabrizio Bensch / Reuters / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Gabrielle Cezard / SIPA / Scanpix / LETA
Sarah Meyssonnier / Reuters / Scanpix / LETA
Vuk Valcic / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Sonu Mehta / Hindustan Times / Getty Images
James Ross / EPA / Scanpix / LETA
CARON / ZEPPELIN / SIPA / Scanpix / LETA
Anna Gordon / Reuters / Scanpix / LETA
Stephanie Keith / Getty Images











