BAAdan Samarqand, Buxoro, Urganch va Namanganga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
BAAdan Toshkent shahri bilan bir qatorda, Samarqand, Buxoro, Urganch va Namangan shaharlariga ham aviaparvozlar qo‘yilishi mumkinligi aytildi.

Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston elchisi Abdulaziz Aqqulov BAA Fuqaro aviatsiyasi bosh idorasi direktori Saif Muhammad Al Suvaydiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi mavjud aviaqatnovlar sonini oshirish, berilgan so‘rovlarni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirish hamda kelgusida o‘zaro manfaatli qatnovlarni hududiy aeroportlarga ham yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Saif Muhammad as-Suvaydiy ikki davlat o‘rtasidagi parvozlar mavsumiylikdan kelib chiqib, 2023 yilda 46 tagacha yetganini ma’lum qildi. U, shuningdek, Amirliklar tomoni parvozlar sonini yanada oshirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Mamlakat diplomatlari, o‘z navbatida, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, sayyohlik sohasidagi o‘zgarishlar xususida batafsil ma’lumot berdi. Toshkent shahri bilan bir qatorda Samarqand, Buxoro, Urganch va Namangan shaharlariga yangi parvozlarni yo‘lga qo‘yish va mavjudlari sonini oshirish, BAA aviakompaniyalari nafaqat Amirliklardan, balki Yaqin Sharq davlatlaridan sayyohlarni tashishda ko‘prik vazifasini bajarishi mumkinligi qayd etildi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv so‘ngida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi parvozlar sonini oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish, elchixona ko‘magida tegishli kompaniya va tashkilotlar bilan maslahatlashuvlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi

14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin

11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

11:18 / 25.02.2025