Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvadorda prezident saylovida xavfsizlikni ta’minlashga 100 ming harbiy va politsiyachi jalb qilindi
Ekvadorda prezidentlik saylovlarining birinchi turi oldidan favoritlardan biri otib o‘ldirilgandi. Ikkinchi turga chiqqan nomzodlar Gonsales va Noboa o‘q o‘tkazmaydigan jilet kiyib olgan holda ovoz berdi.
Ekvadorda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi 15 oktyabr, yakshanba kuni kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida bo‘lib o‘tdi, chunki ovoz berishdan oldin ikki siyosatchi, jumladan, favoritlardan biri sanalgan nomzod o‘ldirilgandi. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 17:00 (Toshkent vaqti bilan 16 oktyabr 03:00)da yopildi.
So‘llarning «Fuqarolik inqilobi» harakatidan nomzod, qariyb 34 foiz ovoz olgan Luis Gonsales va 23 foiz ovozni qo‘lga kiritgan parlament sobiq a’zosi, markazchi Daniel Noboa ikkinchi turga chiqdi. Agar Gonsales g‘alaba qozonsa, u Ekvador tarixidagi birinchi ayol prezidentga aylanadi, 35 yoshli Noboa esa Janubiy Amerika davlatining eng yosh rahbari bo‘ladi.
Xavfsizlikni ta’minlashga 100 ming harbiy va politsiyachi jalb qilingan
Ekvadordagi saylovlar «qo‘rquv muhitida» o‘tdi, deya ta’kidlaydi AFP. Ovoz berish vaqtida ikkala nomzod ham o‘q o‘tkazmaydigan jilet kiyib oldi. Ekvadorda 20 avgust kuni bo‘lib o‘tgan birinchi turga ikki hafta qolganda ikki siyosatchi o‘ldirilgandi.
«Saf» harakatidan prezidentlikka nomzod Fernando Vilyavisenso 9 avgust kuni Kitodagi saylovoldi tashviqoti yig‘ilishidan so‘ng boshiga uch marta o‘q uzishlari oqibatida halok bo‘ldi. So‘rovlar uni favoritlardan biri deb ko‘rsatib, ikkinchi bosqichga o‘tishini prognoz qilgandi. Uning o‘rniga kelgan Kristian Surita esa Noboadan 8 foizga ortda qolgan holda uchinchi o‘rinni egalladi.
Vilyavisenso o‘ldirilganidan bir necha kun o‘tib, «Fuqarolik inqilobi» harakati yetakchisi Pedro Briones Ekvadorning Esmeraldas provinsiyasida noma’lum kimsalar tomonidan otib o‘ldirildi.
Mavzuga oid
09:00 / 08.06.2026
Armanistondagi saylovlarda Pashinyan partiyasi yetakchilik qilmoqda
21:43 / 07.06.2026
Armanistonda parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi
21:35 / 20.04.2026
BMT Bosh kotibi lavozimiga to‘rt nafar nomzod ko‘rikdan o‘tadi
14:25 / 24.03.2026