Oktyabr oyining oxiridan Özbekistonda Captiva-5 sotuvlari boşlanadi. UzAuto Motors rasmiy sahifasida e’lon qilinişiça, yangilangan Captiva LT1 , LT 2, va Premier komplektatsiyalarida sotuvga çiqariladi. Narxlar QQSni ham qöşganda quyidagiça böladi:

  • LT1 (5 örindiqli): 299 900 000 söm;
  • LT2 (7 örindiqli): 319 900 000 söm;
  • Premier (7 örindiqli): 349 900 000 söm.

Baojun 530 va Captiva-5

UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Captiva Xitoydan import qilinişi va içki bozordagi iste’molçilarga yetkazib berilişini ma’lum qilgandi. Qiziq jihati, bu avtomobil Xitoyda SAIC-GM-Wuling qöşma korxonasi tomonidan Baojun 530 nomi ostida işlab çiqarilgan va sotilgan. Dastlab, mazkur krossover 2017 yilning noyabr oyida Guançjouda ötkazilgan körgazmada namoyiş etilgan va 5 örindiqli ilk komplektatsiyalari 2018 yilning fevral oyidan 85 ming yuandan (öşa paytdagi kurs böyiça 12 ming dollar) sotuvga çiqarilgan.

Keyinçalik, 2019 yilning yanvar oyidan Baojun 530’ning 7 örindiqli yangi versiyasi 78 800 yuandan 97 800 yuangaça bölgan narxlarda (öşa paytdagi kurs böyiça 11 400 dollardan 14 190 dollar orasida) sotila boşlanadi. Uşbu model dizayni yil oxiriga borib yana yangilanadi va 2020 yildan boşlab 11 ming dollardan xaridorlarga taklif qilingan.

Sönggi yillarda Xitoy içki bozorida raqobat muhitining kuçayganligi Baojun 530 savdosi pasayişiga ham ta’sir körsatgan bölişi mumkin. Xususan, 75 800 yuandan (10 400 dollar) 115 800 yuangaça (18 800 dollar) narxlarda taklif qilingan Baojun 530 2018 yilda 116 324 dona sotilgan bölsa, bu körsatkiç 2021 yilda 93 432 donani, 2022 yilda esa 37 334 donani